Dzyudo. Terma jamoamiz Tokioga yo‘l oldi

  • 5 dekabr, 2022, 11:46
  • 0
  • Dzyudo

3-4 dekabr kunlari Yaponiya poytaxtida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bugundan Tokio shahrida ko‘plab terma jamoalar ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlanadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu yig‘inda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoa tongda kun chiqar yurt tomon yo‘l oldi. Yig‘in 16 dekabrga qadar davom etadi. Ushbu tayyorgarlik 20-22 dekabr kunlari Isroilda o‘tadigan Masters musobaqasiga qaratilgan.

Tokioga yo‘l olgan tarkib quyidagicha:

Erkaklar: Dilshodbek Baratov, Sardor Nurillaev, Shahram Ahadov, Obidxon No‘monov, Murodjon Yo‘ldoshev, Sharofiddin Boltaboev, Davlat Bobonov, Muzaffarbek To‘raboev, Otabek To‘raboev, Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov

Ayollar: Diyora Keldiyorova, Sita Kadamboeva, Shukurjon Aminova, Gulnoza Matniyazova, Irisxon Qurbonboeva, Shohista Nazarova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!