EChL. PSJ - "Borussiya" o‘rtasidagi javob o‘yinida kim bosh hakam bo‘ladi?

7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi tungi soat 00:00 da Evropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasida PSJ - "Borussiya" uchrashuvi start oladi. Mazkur o‘yinni qaysi hakam boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, italiyalik referi Daniele Orsato bellashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Chiro Karbone va Alessandro Gallatini assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam sifatida Davide Massa nomi qayd etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Dortmundda o‘tgan mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi minimal g‘alabasi bilan yakun topgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!