EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu Messi yoki Ronaldu emas!

  • 21 oktabr, 2021, 23:03
  • 0
  • Futbol
"Ayaks" himoyachisi Deyli Blind Evropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda musobaqa rasmiy sahifasi xabar tarqatdi. 

Blind jamoasiga "Borussiya" Dortmundni yirik hisobda mag‘lub etishiga yordam bergandi. Amsterdamliklar raqib darvozasiga 4ta gol urishga erishdi. Himoyachi o‘z hisobiga bitta gol va assist yozdirib qo‘ygandi. 

Ushbu sovrin uchun kurashda Deyli "Liverpul" posboni Alisson Beker, "Zaltsburg" havbeki Noa Akafora va "Sporting" himoyachisi Sebastyan Koatesni ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!