Eldor Shomurodov Turkmanistonning "qo‘rqinchili tushi" (Statistika)

  • 17 noyabr, 2023, 15:06
  • 1
  • Futbol

Kecha Jahon chempionati saralashi 1-turidan o‘rin olgan Turkmaniston - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim yakunida Turkmaniston terma jamoasining 4-raqamli futbolchisi Meylis Durdiev darvozamizning yaqin burchagini aniq nishonga olib hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda vakillarimz ketma-ket hujum uyushtirdi. 57-daqiqada termamiz sardori Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Otabek Shukurov o‘yinda muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 77-daqiqada Shukurov dublni rasmiylashtirdi. Bu golga ham Shomurodov assistentlik qildi. Uchrashuv so‘ngida Shukurovning super pasidan keyin Shomurodov ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi - 1:3.

Qayd etish lozim, Eldor Turkmaniston darvozasiga 3 ta uchrashuvda 5 ta gol urgan va 2 ta assist muallifiga aylangan. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
17/11/2023 22:30
Аббос ўйинга қўшилмагунча қаерда эди жирафа, Аббос ўйинни ўзгартирдики, ёки Шомани қариндоши sportsuzни мухарририми