Endi Ruis: "Yana chempion bo‘lishni xohlayman"

  • 5 sentabr, 2022, 16:17
  • 0
  • Boks

Og‘ir vaznli bokschi, AQSh vakili Endi Ruis Luis Ortis ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Deontey Uaylder bilan jang qilmoqchiligini bildirdi.

"O‘ylaymanki, Ortisga qarshi ajoyib jang o‘tkazdim. Bu juda qiyin bo‘ldi, ammo menda mahorat bor. Men Luisni qarshi hujumda ushladim va juda ko‘p zarba berdim. Bu ajoyib bo‘ldi.

Endi yiliga 3-4 marta jang qilmoqchiman. Men bunga tayyorman va g‘alabalarga ochman. Yana chempion bo‘lishni xohlayman.

Uaylder va men bir tashkilotdamiz. Keling, kurashni davom ettiramiz",-dedi Ruis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!