Endi Umid Ahmadjonov KAFA perzidenti emas. Tashkilotga yangi rahbar saylandi

  • 24 aprel, 2019, 17:00
  • 0
  • Futbol

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasining navbatdagi kongressi o‘tkazildi. Unda tashkilotga yangi rahbar saylandi. Bu haqda Tojikiston FF rasmiy sayti xabar berdi.

KAFAning yangi rahbari etib, Tojikiston futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Imomali saylandi. U O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘rnini egalladi.

Qolaversa, KAFAning shtab-kvartirasi Toshkentdan Dushanbega ko‘chiriladigan bo‘ldi. Ushbu tashkilotga O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Eron futbol assotsiatsiyasiyalari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Imomali Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning o‘g‘li hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!