Engil atletika. 2023 yilgi Osiyo chempionati Toshkentda o‘tkaziladi!

Quvaytda o‘tgan engil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlari e’lon qilindi. E’tiborlisi, unda 2000 metrga to‘siqlar osha yugurishda Dilshoda Usmonova (6:55.41), uch hatlab sakrash sektorida Sharifa Davronova (13.23) va balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullaeva (1.84 metr) qayd etgan natijalar rasman ushbu toifadagi qit’a birinchiliklarining yangi rekordlari sifatida qayd etildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatkichlar chempionatning eng yuqori 10 ta natijasi sirasiga kiritildi.

Yopilish marosimida Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi bayrog‘i mamlakatimizga topshirildi va uni O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhamedov qabul qilib oldi. Boisi, Toshkent shahri 2023 yilning aprel oyida 18 yoshgacha bo‘lgan engil atletikachilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!