Engil atletika. Hamyurtimiz Keniyada mahoratini oshirmoqda

Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov ayni paytda “Chempionlar uyi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Keniyaning Iten shahrida bo‘lib turibdi. Hamyurtimiz ushbu shaharda 2 oy davomida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumki, keniyalik yuguruvchilar uzoq masofalarga o‘tkaziladigan poygalarda dunyodagi eng kuchlilardan sanalishadi. Bu erdan o‘nlab jahon va Olimpiada chempionlari etishib chiqqan. Shahar dengiz sathidan 2350-2400 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, sportchilar uchun kerakli sharoitlar mavjud.

1500 va 3000 metr masofalarga yopiq inshootlarda yugurish bo‘yicha mamlakat rekordchisi, yarim marafon yo‘nalishida O‘zbekiston tarixidagi ikkinchi natija sohibi hisoblanmish Shohruh Davlatov Itendagi birinchi mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!