Engil atletika. IV Markaziy Osiyo ochiq chempionatida 79 ta medal qo‘lga kiritildi

23-25 sentyabr kunlari Samarqand shahri Engil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qildi.

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqada umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 1-o‘rinni egalladi. Vakillarimiz jami 79 ta medalni (25 ta oltin, 27 ta kumush va 27 ta bronza medali) qo‘lga kiritishdi.

Ikkinchi o‘rinda Turkmaniston (3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali), uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston (3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medali) joylashgan. Xalqaro musobaqalar doirasida engil atletikaning 41 ta yo‘nalishi bo‘yicha jami 56 ta sovrinlar to‘plami o‘ynalgan edi.

vazirlik_5

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!