Engil atletika. Terma jamoamiz Osiyo chempionatini to‘rtta medal bilan yakunladi

Qozog‘istonning Astana shahrida engil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati yakuniga etdi. Bugun musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, 4x400 metrga yugurish bo‘yicha estafeta bahsida startga chiqqan qizlarimiz ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Ular qayd etgan 3:46:45 daqiqalik natija yangi milliy rekord sifatida qayd etildi. Shuningdek, uzunlikka sakrash sektorida Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Darya Reznichenko 6.37 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqada 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!