Engil atletika. Vakillarimiz Turkiston marafoni shoxsupaga ko‘tarildi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida “Turkistan Marathon 2022” musobaqasi o‘tkazildi. Unda mezbonlardan tashqari Avstraliya, Ukraina, Qirg‘iziston, Fransiya, Rossiya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Tojikiston, Vengriya davlatlaridan tashrif buyurgan atletlar orasida hamyurtlarimiz ham ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi marafon yo‘nalishida yurtdoshimiz Baxtiyor O‘tkirov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa terma jamoamiz vakilasi Tamila Qo‘chqorova kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, 21.1 km masofada kechgan yarim marafon dasturida Shohruh Davlatov shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Batafsil:

Erkaklar:
42 km, 195 m:
Baxtiyor O‘tkirov – 2:25:34.09

21.1 km:
Shohruh Davlatov – 1:05:24

Ayollar:
42 km, 195 m:
Tamila Qo‘chqorova – 3:18:36.88

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!