Engil atletika. Yoshlarimiz Osiyo chempionatida kuchli uchlikdan joy oldi

Quvaytda engil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Musobaqaning so‘nggi kunida 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida eng yaxshi natija qayd etgan Dilshoda Usmonova (6:55,41) oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, langarcho‘pga tayanib sakrash dasturida Jasmina Mansurova 3,60 metr bilan kuchli uchlikdan joy oldi va jamoamizga bronza medalini taqdim qildi.

Musobaqa qahramonlarini eslab o‘tamiz:

Oltin medal:
Sharifa Davronova (uzunlikka sakrash)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Barnoxon Sayfullaeva (balandlikka sakrash)
Nodir Norboev (ko‘pkurash)
Dilshoda Usmonova (2000 m, to‘siqlar osha)

Kumush medal:
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)

Bronza medal:
Jasmina Mansurova (langarcho‘pga tayanib sakrash)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!