Eron Pro-ligasi. "Persepolis" o‘z uyida zafar quchdi, O‘runov esa...

Eron Pro-Ligasi 21-turidan o‘rin olgan "Persepolis" va "Paykan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tehron klubi safida harakat qilayotgan legionerimiz Oston O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushdi hamda 80-daqiqada zaxiraga olindi.

Ma’lumot uchun, "Persepolis" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 43 taga etkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni mustahkamlab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!