Errol Spens Pakyao va Garsiya bilan jang qilmoqchi yoxud IBF kamaridan voz kechadimi?

  • 23 dekabr, 2019, 11:27
  • 1
  • Boks

WBC va IBF chempioni Errol Spenc avtohalokat borasida gapirdi.

“Men o‘zimni yaxshi his qilyapman.Oilam bilan birgalikda o‘z vaqtimni yaxshi o‘tkazmoqdaman. Avtohalokat tufayli, mening qovurg‘alarimda hali ham og‘riqlar bor. Meni mo‘’jiza qutqardi deb o‘ylayman. Bu yaratganning mo‘’jizasi edi.

Keyingi yil boksga qaytaman. May yoki iyun oylarida jang qilmoqchiman. Mashg‘ulotlarni 2020 yil boshidan boshlayman.

Rejaga ko‘ra, Pakyao yoki Denni Garsiya bilan jang qilmoqchiman ", - dedi Spenc.

Eslatib o‘tamiz: Spens hamyurtimiz Qudratullo Abduqahhorov bilan IBF kamari himoyasi uchun jang o‘tkazishi kerak yoki ushbu kamardan voz kechishi lozim bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilschodbek Akhrorov
23/12/2019 11:56
YAXSHISI KECHIB QUYAQOLADIYOV