Evropa “Top-5” chempionatlarining engilmas jamoalari

Zamonaviy futbolda mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlash qiyin vazifalardan biri. Ayniqsa, “top-5” ligalarda buni amalga oshirish ancha mashaqqatli ish.

Joriy mavsumda kuchli beshlik chempionatlarida faqatgina “Bayer” hali engilgani yo‘q. Biroq chempionat yakunlanishiga bir necha oy bor va bu mag‘lubiyatsiz seriyasini ushlab qolish oson bo‘lmasligi aniq.

E’tiboringizga Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Frantsiya chempionatlaridan tarkib topgan kuchli beshlik ligalarida mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlagan jamoalar haqida ma’lumot beramiz.

“Preston Nort End” – 1888/1889 yilgi mavsum (Angliya)

“Preston Nort End” Angliya ligasida 22 ta uchrashuvdan 18 tasida g‘alaba qozongan va to‘rt bor durang o‘ynab, mamlakat chempioni bo‘lgan.

“Atletik Bilbao” – 1929/1930 yilgi mavsum (Ispaniya)

La Ligada g‘olib chiqqan “Atletik Bilbao” mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlagan birinchi ispan klubi sifatida tarixda qolgan. Basklar ligadagi 18 ta uchrashuvda biror marta taslim bo‘lmadi.

“Real Madrid” – 1931/1932 yilgi mavsum(Ispaniya)

“Real” futbolchilari ham ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritgan mavsumda chempionatni birorta mag‘lubiyatsiz yakunlagan.

“Perudja” – 1978/1979 yilgi mavsum (Italiya)

Qizig‘i shundaki, “Perudja” futbolchilari chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunlagan bo‘lsa-da, chempionlikdan quruq qolgan. Ular 30 ta uchrashuvdan 19 tasida durang qayt etgani bois, “Milan” futbolchilari skudettoni “Perudja”dan tortib olgandi.

“Milan” – 1991/1992 yilgi mavsum (Italiya)

“Milan” chempionatning 34 ta uchrashuvidan barchasini ijobiy natija bilan yakunladi va biror marotaba engilmagan holda chempionlikka sazovor bo‘ldi.

Fabio Kapello shogirdlari keyingi mavsumda ham muvaffaqiyatli qatnashib, mag‘lubiyatsiz seriyasini 58 ta uchrashuvga etkazdi va bu natija hamon Italiya rekordni hisoblanadi.

“Arsenal” – 2003/2004 yilgi mavsum (Angliya)

“Arsenal” so‘nggi 100 yilda mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlagan birinchi ingliz jamoasi bo‘ldi. Arsen Venger jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi keyingi mavsumda ham davom etib, 49 ta uchrashuvga etdi.

“Yuventus” – 2011/2012 yilgi mavsum (Italiya)

“Yuventus” yuqori divizionga qaytganidan keyin birinchi chempionligini yuqori darajadagi natijalar bilan qo‘lga kiritdi. Antonio Konte shogirdlarini 38 ta uchrashuv davomida hech qaysi jamoa to‘xtata olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улуғбек
05/04/2024 23:30
Арсенал Апсенао. Қайтармикунсанаа