Evropa qit’asida Osiyodan futbolchilar borishi so‘nggi yillarda anchagina o‘sib borayapti.

"Tottenxem"da Son Xyon Min kabi futbolchi jahon futboliga o‘z iqtidorini juda yuqori saviyada namoyish etib bermoqda. Shu qatorda, futboli birinchi o‘rinda turuvchi ushbu qit’ada o‘ynagan o‘zbekistonlik eng mashxur futbolchilarni yodga olamiz.

Ko‘pchilik katta umidlar bilan qaragan, "Yuventus" bilan shartnomaga kelisha olgan, ammo Turin klubining asosiy jamoasida maydonga tushmagan Ilyos Zeytullaev deyarli butun faoliyatini Italiyada o‘tkazgan. "Yuventus"dagi 4 yillik faoliyatidan so‘ng, A Seriyaning boshqa bir klubi "Rejjina"ga transfer qilingan, ammo bu klub tarkibida bor-yo‘g‘i 2 ta bahsda maydonga tushgan holos. Keyinchalik, quyi liga klublari "Krotone", "Jenoa", "Vichenza", "Verona", "Peskara" va "Virtus Lanchano" jamoalarida to‘p surdi. 2014 yili A Seriyaning "Torino" klubi a’zosiga aylandi, ammo Xorvatiyaning quyi liga jamoasiga ijaraga berib yuborildi. Shundan so‘ng, u butsalarini mixga ilgan va Italiyaning "Kupello" klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Zeytullaev 2001-2007 yillari O‘zbekiston terma jamoasida 10 ta bellashuv o‘tkazib, 2 ta gol urishga ham erishgan.

zeyt

Jahon futbolida eng katta muvaffaqiyatga erishgan futbolchi kim, deganda, albatta Maksim Shatskixdan yaxshiroq nomzod yo‘q! Ukrainaning "Dinamo" klubida uzoq yillar davomida faoliyat olib borib, jamoaning asosiy to‘purari ham bo‘lishga erishgan. Kiev klubi tarkibida Evrokuboklarda umumiy 23 ta gol urishga erishgan. Shulardan, 11 tasi EChL doirasiga to‘g‘ri keladi. 2006 yili Demyanenko qo‘l ostidagi "Dinamo" klubi Madridning "Real" jamoasiga qarshi bahs o‘tkazib, 2:2 hisobida durang o‘ynagan. E’tiborli tomoni, uchrashuvda hamyurtimizning dubliga so‘nggi daqiqalarda mehmonlar forvardi Ronaldo ham dubl bilan javob qaytargan.

Shatskix O‘zbekiston terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U terma jamoa libosida 34 ta golga mualliflik qilgan.

maksim

1991 yili Jizzaxda tavallud topgan iqtidorli futbolchi Sardor Rashidov Portugaliya chempionatida to‘p surish baxtiga muyassar bo‘lgan. "Nasonal" jamoasi tarkibida 7 ta bahs o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishgandi. Yarim himoyachini O‘zbekistonda kelajagi porloq va juda iqtidorli futbolchi, deb bilishgan. Faoliyatining dastlabki onlaridan boshlaboq, muxlislarning qalbidan joy egallagan. Evropadan arab diyoriga qaytgan Rashidovdan hamon katta umid qiladigan muxlislar bisyor. Ammo uzoq vaqtdan buyon, 28 yoshli futbolchiga terma jamoadan chaqiruv bo‘lmayapti.

sardor

Rashidov Portugaliyada faoliyat olib borgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi emas! Yaqindagina, Abubakir Mo‘ydinov Krishtianu Ronaldu vataninig "Leyshoyns" klubi bilan bitim imzoladi. 19 yoshli futbolchi jamoa safida bitta uchrashuv o‘tkazishga ham ulgurdi. "Leyshoyns" quyi liga klubi hisoblanadi, ammo jamoaning 23 yoshgacha bo‘lgan jamoasi esa birinchi divizion a’zosidur! Mo‘ydinov yoshlar tarkibida "Benfika"ga qarshi bahsda maydonga tushishga ulgurdi. Ushbu futbolchimizdan ham umidlarimiz katta!

Muydinov

"Navbahor"dan "Surxon"ga ko‘chib o‘tgan Aziz Ibragimov ham o‘z vaqtida Evropada to‘p surgan. 2006-2008 yillari Slovakiyaning nomdor klubi "Slovan Bratislava"da muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan va 2008-2010 yilgi mavsumlani Chexiya chempionatida o‘tkazgan. "Bogemians-1905" tarkibida quyi liga chempionligini qo‘lga kiritib, mamlakatning yuqori ligasida ham o‘zini ko‘rsata olgan. Aynan, o‘sha damlari o‘zbekistonlik futbol muxlislari Ibragimovdan ham top darajadagi jamoalarda o‘ynab ketishidan qattiq umid qilishgandi. Ammo, uning faoliyatidagi eng yuqori marra Chexiya va Slovakiya bo‘lib qolgan. 2011-2012 yillari Xitoy chempionatida o‘ynadi va 2014 yilgacha Chexiyaning yana 3 ta jamoasida to‘p surishga ulgurdi. "Andijon", "Dinamo" va "Buxoro" klublaridagi faoliyatidan so‘ng, 2017 yili Eron va Latviya chempionatlarini ham ko‘rib kelishga erishdi. Kelasi yili "Buxoro"ga qaytgan bo‘lsa, 2019 yili "Navbahor" sharafini himoya qildi.

az ibra

2012-2013 yillari "NBU-Osiyo"da o‘ynab, 2014 yili Serbiyaning "Yavor" klubida to‘p surgan Husniddin G‘ofurovdan ham muxlislar umid qilishgan. Chunki, yosh bo‘lishiga qaramay, futboli ancha rivojlanishga erishgan mamlakat chempionatida yosh futbolchimiz o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va muntazam jamoaning asosiy tarkibida o‘ynagandi. Ammo, keyinchalik yurtimizga qaytib kelgan futbolchining hozirgi kundagi ishlari ko‘ngildagidek emas! "Paxtakor"ning zahirasida qolib ketgan futbolchi yangi mavsumni "Surxon" jamoasida boshlashi haqiqatga yaqin bo‘lib turipti.

216398_original

Maksim Shatskixdan tashqari, Ukraina chempionatida o‘ynagan yana bir futbolchimiz Vitaliy Denisovni muxlislar hech qachon yoddan chiqarishmasa kerak! Zero, juda mehnatkashligi bilan ajralib turadigan himoyachi terma jamoaning muhim o‘yinlarida ko‘p bor-a muxlislarning joniga oro kirgan. "Dnepr" sharafini ishonchli himoya qilgan chapaqay futbolchini Moskvaning "Lokomotiv" klubi 2013 yili o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. Denisov yangi jamoasida ham 5,5 yil davomida muvaffaqiyatli to‘p surdi va hozirgi kunda ham faoliyatini Rossiyada davom ettirmoqda. 2006-2018 yillari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 72 ta uchrashuv o‘tkazgan va bitta gol urgan.

denisov

2011 yilgi Osiyo kubogida porlagan Odil Ahmedov musobaqa yakunidan so‘ng, Rossiyaning "Anji" jamoasiga ko‘chib o‘tgan. OAV vakillari va muxlislar terma jamoamiz sardorini o‘z vaqtida "Arsenal" tarkibiga o‘tkazib ham qo‘yishgandi. Rus klubining eng asosiy futbolchilaridan biri bo‘la olgan va jamoada yilning eng yaxshi futbolchisi, deb ham topilgan Ahmedov keyinchalik "Krasnodar"da o‘ynadi va hozirda, faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirib kelmoqda.

Odil

Umuman olganda, Rossiya chempionatida juda ko‘plab o‘zbek futbolchilari o‘ynagan va hozirgi kunda, bu mamlakatda Eldor Shomurodov muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Terma jamoamiz hujumchisi RPLning joriy mavsumida to‘purarlar bahsida munosib ravishda kurash olib borayotgani ham e’tiborga molik. Bundan tashqari, Oston O‘runov "Ufa" klubi bilan shartnoma imzoladi va yosh yarim himoyachining kelajagiga katta umidlar bilan qaralmoqda.

shoma

O‘zining eng yaxshi davrlarini Qozog‘istonning "Tobol" klubida o‘tkazgan Ulug‘bek Baqoev futbolchilik faoliyatini "Buxoro"da boshlagan. Keyinchalik, Rossiyaning TsSKA, "Torpedo-ZIL" va "Nefteximik" jamoalari sharafini himoya qilgan. 2004-2007 hamda 2010 yillarda "Tobol"ning muhim futbolchisiga aylangan. "Jetisu" va "Irtish" klublarida ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. 4 marotaba mamlakat birinchiligida to‘purar bo‘lgan. 2012 yili GOAL nashri o‘zbekistonlik hujumchini Qozog‘iston chempionatida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topgan. Ketma-ket 2 yil davomida Qozog‘istonda yilning eng yaxshi futbolchisiga beriluvchi "Almaz" sovrinini qo‘lga kirita olgan. Bundan tashqari, 123 ta gol bilan Nilton Mendes va Oleg Protasov klublarining to‘urarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekiston terma jamoasi safida 50 ta bahs o‘tkazib, 14 ta golga mualliflik qilgan. 2007 hamda 2011 yillardagi Osiyo Kubogida terma jamoa uchun o‘ynagan.

unnamed_2

2000 yilgi mavsum "Do‘stlik" safida O‘zbekiston chempionatida 45 ta gol urib, rekord o‘rnatgan Irismetov Gretsiya, Rossiya, Belaru, Ukraina va Qozog‘iston chempionatlarida to‘p tepgan. Faoliyatini Toshkent klubida boshlaganidan so‘ng, 1997 yili Gretsiyaning mashxur "Panatinaikos" jamoasi e’tiborini tortgan, ammo Evropa mamlakatidagi 2 yillik faoliyati davomida bor-yo‘g‘i bir marotaba maydonga tushgan holos. Bundan keyin, Rossiyaning "Chernomorets", "Spartak" Moskva va "Anji" klublarida o‘ynashga ulgurgan. Hattoki, "Spartak" bilan evropkubok bahslarida qatnashgan. "Anji"ga kelguniga qadar, bir mavsum Belarusning "Slaviya" jamoasida to‘p tepgan va bu klubda 3 bor gol urishga erishgan. 2003-2004 yillari Ukrainaning "Krivbass" klubida ham faoliyat olib borgan va shundan so‘ng, Qozog‘istonning "Qayrat", "Alma-Ata" va "Aktobe" klublarida ham o‘ynadi. Irismetov 2006 va 2007 yilgi mavsumlarda qo‘shnilarimizning chempionatida to‘purar bo‘lgan. Bundan tashqari, forvardimiz 76 ta gol bilan Nilton Mendes klubining to‘purarlari ro‘yxatida qayd etilgan.

large_1

Sobiq ittifoq davrlarida futbolchilik faoliyatini boshlagan Igor Shkvirin ham ko‘plab futbolchilarimiz singari Rossiya chempionati a’zosi bo‘lgan. U bundan tashqari, Isroil chempionatida bir necha yil faoliyat olib borgan. 1992 yili Vladikavkazning "Spartak" jamoasida 10 ta bahs o‘tkazib, 5 ta gol urgan. Shundan so‘ng, "Xapoel" Tel-Aviv, Netaniyaning "Makkabi", "Bney Ieguda", Petax-Tikvaning "Makkabi" va Gertsliyaning "Makkabi" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Osiyo o‘yinlari chempioni "Shuxrat" medali bilan taqdirlangan. O‘zbekiston terma jamoasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgan.

sh15

Hozirda, AGMK klubining bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Mirjalol Qosimovni o‘zbek futboli qiroli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Rossiyaning "Alaniya", "Krilya Sovetov" va "Spartak" (Vladikavkaz) klublarida faoliyat olib borgan. Ayniqsa, "Alaniya" jamoasida o‘zining eng yorqin davrlarini o‘tkazgan. "Shuxrat" medali va "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi 1995 yili Rossiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

1995 yili "Alaniya" va "Liverpul" qarama-qarshiligida uchrashuvning 21-daqiqasida hisobni ochib, Qosimov UEFA doirasidagi musobaqada gol urgan birinchi o‘zbekistonlik va ikkinchi osiyolik futbolchi bo‘lib tarixga kirgan. Ushbu bellashuvda Makmanaman va Rednappning gollari evaziga inglizlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Qosimov 1987 yili SSSR o‘smirlar terma jamoasi bilan Kanadada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida zafar quchgan. O‘zbek futboli faxrisi SSSRning o‘smirlar va yoshlar terma jamoasida sardor bo‘lgan.
O‘zbekiston terma jamoasi safida 67 ta bahs o‘tkazgan va 31 golga mualliflik qila olgan.

gettyimages-650933134-612x612

O‘z vaqtida Temurxo‘ja Abduholiqov Xorvatiyaning "Xayduk" klubida, Bahodir Nasimov Ozarbayjonning "Neftchi Baku" va Qozog‘iston chempionatida ham bir qator hamyurtlarimiz faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
BILOL. UZTAXI
27/04/2020 06:17
Kechirasizu aftor 2006 yil ronaldi madritda mas balki Manchester yunaytetda uynagan
&
muxammadsoli 79
26/05/2020 21:14
by erda brazilialik Ronoldo aytilgan
&
darwesh
13/02/2020 13:40
просто сурган футболчилар десаям буларкан