Fabregas faoliyatini boshqa qit’ada davom ettirishi mumkin

  • 25 iyun, 2022, 11:09
  • 0
  • Futbol

"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas faoliyatini "Botafogo" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 35 yoshli ispaniyalik futbolchi allaqachon Braziliya klubi bilan muzokaralar o‘tkazishga ham ulgurgan. Aytish kerakki, Fabregasning “Monako” bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi va u erkin agentga aylanadi. Shu sababli u yangi klubiga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Sesk Fabregas o‘tgan mavsum "Monako" safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!