Fabregas Messi faoliyatini qaerda davom ettirishini aytib qo‘ydi

  • 21 sentabr, 2022, 11:04
  • 0
  • Futbol

PSJ hujumchisi Lionel Messining yaqin do‘stlaridan hisoblangan Sesk Fabregas argentinalik yulduzning kelajakdagi rejalarini oshkor qilib qo‘ydi.

Ayni paytda Lionel Messi mavsum oxirida shartnomasi yakunlangach, faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligi juda keng muhokama qilinmoqda. PSJ rahbariyati argentinalik yulduz bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorlanmoqda.

Messi borishi mumkin bo‘lganlar orasida “Barselona” bor. Shuningdek, Leo AQShga yo‘l olishi mumkin.

Sesk Fabregasning gaplari bu masala muhokamasini yanada jonlantirdi.

- Buning imkonmi bor yoki yo‘qligini aniq bilmayman. Agar “Barsa” eshiklarini ochsa, bu transfer uchun yana bir variant bo‘ladi. Bu tarixning chiroyli va baxtli yakuniga aylanadi, - dedi Sesk Fabregas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!