Fakt! "Metallurg" 6 yildan beri “Paxtakor”ni mag‘lub eta olmayapti (prevyu)

  • 3 iyul, 2022, 14:40
  • 0
  • Futbol

Dushanba, 4 iyul kuni O‘zbekiston Superligasining 5-turidan qoldirigan bahs bo‘lib o‘tadi. Unda Toshkentning “Paxtakor” klubi Bekobodda “Metallug” mehmoni bo‘ladi.  

Mazkur jamoalar chempionatlar doirasida 50 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 42 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o‘yinda "Metallurg" g‘olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar murosa yo‘lini tanlagan. “Paxtakor” 133 gol urib, o‘z darvozasidan 37 to‘p olib chiqqan.

Bekobod jamoasining o‘zaro o‘yinlardagi so‘nggi g‘alabasi 2016 yilgi mavsumda kuzatilib, o‘z maydonida 2:0 hisobida yutuqqa erishgan. O‘zaro bahslarda eng yirik g‘alaba - 6:0, "Paxtakor" foydasiga. 2003 va 2006 yillarda "sherlar" raqibni shunday hisobda mag‘lubiyatga uchratgan. Yirik g‘alabalarimiz soni jami 17tani tashkil qiladi. Bekobodda o‘tgan uchrashuvlarning 19 uchrashuvda "sherlar" g‘alaba qozongan, ikki bellashuv durang bilan tugagan bo‘lsa, 4ta to‘qnashuvda "Metallurg" ustun kelgan. Mehmondagi o‘yinlarda 56 gol urilib, 19 to‘p o‘tkazib yuborilgan. Safardagi oxirgi 6ta o‘yinda poytaxtliklar zafar quchgan.

"Metallurg" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 4 iyul, dushanba kuni "Metallurg" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Manba: "Paxtakor" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!