Farhod Abdullaev U-20 Jahon chempionatida Frantsiya ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi

  • 31 may, 2019, 11:30
  • 0
  • Futbol
Ayni kunlarda Polshada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tayotganidan xabaringiz bor. 

Mazkur musobaqalarda hamyurtimiz FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ham ish olib bormoqda. O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha Farhod Abdullaev bugun "E" guruhidan o‘rin olgan Mali hamda Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hakam nazoratchisi sifatida ish olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. 

Mazkur juftlik o‘rtasidagi uchrashuv guruh g‘olibini aniqlab berishini ham ta’kidlash zarur.
 
U-20 JCh, "E" guruhi
 
Mali - Frantsiya 
 
Bosh hakam: Said Martines (Gonduras)
 
Yon hakamlar: Uolter Lopes, Xelpis Felits (Gonduras)
 
To‘rtinchi hakam: Fernando Guerrero (Meksika)
 
Hakam nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O‘zbekiston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!