Fellayni Mourinoning taklifiga qanday javob berdi?

  • 13 dekabr, 2019, 10:40
  • 0
  • Futbol

Xitoyning "Shandun Lunen" klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Maruan Fellayni Angliyaga qaytish niyatida emas.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino belgiyalik futbolchini Londonga olib kelmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

“Joze – men uchun alohida inson. Biz vaqti-vaqti bilan qo‘ng‘iroqlashib turamiz. U “Tottenxem” boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi, unda hammasi joyida. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Ammo, menga shu er qulay”, - deydi 32 yoshli Fellayni.

Eslatib o‘tamiz, Fellayni va Mourino 2016-2018 yillarda "Manchester Yunayted"da birga faoliyat olib borishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!