Frantsiya so‘nggi 40 yilda Evropa chempionati saralashida eng yaxshi start qayd etdi

  • 28 mart, 2023, 14:45
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi Evropa chempionati – 2024 saralash bosqichidagi o‘yinlarni g‘alaba bilan boshladi.Birinchi o‘yinda Dide Desham shogirdlari Niderlandiyani mag‘lub etdi (4:0), keyin esa Irlandiyani qabul qilib, minimal hisobda ustun keldi (1:0).

"Statsdufoot" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Frantsiya termasi so‘nggi 40 yil ichida jahon va Evropa chempionati saralashida eng yaxshi startga ega bo‘ldi. "Uch ranglilar"1984 yildan beri saralash turnirining ketma-ket ikkita boshlang‘ich o‘yinida g‘alaba qozona olmayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Desham shogirdlari jahonning amaldagi vitse-chempioni hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!