Frenkdan katta "tozalash". «Chelsi» yoz mavsumida kimlardan halos bo‘lishi kerak?

  • 27 mart, 2020, 17:53
  • 0
  • Futbol

«Chelsi» qiyin vaziyatda qolgan. Har bir yangi o‘yin muhlislarni bosh murabbiy haqidagi to‘xtamlar va Eden Azarsiz qolgan jamoa imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqishga undamoqda. 

Mavsumni Lempard sentyabr oxiri va noyabr boshlari oralig‘iga to‘g‘ri kelgan 8  g‘alaba bilan boshlagan paytlarga ham ancha bo‘lib qoldi, hozir poytaxtliklar bunday barqarorlik bilan maqtana olmaydi. Ularning kelajagi APL da mavhum bo‘lib qolmoqda, ChL da esa «Bavariya» dan 3:0 hisobida qabul qilib olingan achchiq mag‘lubiyatdan keyin deyarli hammasi hal bo‘lib ulgurgan.

 Frenkning o‘rnida  «Chelsi» ning boshqa murabbiylari asabiylashib qolgan bo‘lar edi, ammo, Lempard-o‘ziga xos. U allaqachon «Stemford»da  afsonaviy natijaga ega: uning hisobida   648 uchrashuvda kiritilgan 211 gol bor. 13 ta sovrin egasi bo‘lgan sobiq yarimhimoyachi  tarkibning barqaror emasligi uchun aybdor emas. UEFA sanktsiyalari tarkibni kuchaytirishga imkon qoldirmadi.

 Lekin oldinda yoz mavsumi va «Chelsi» biroz sarf qilish huquqiga ega. Hakim Ziesh  tarkibni boyitishga tayyor, muhlislar esa katta o‘zgarishlardan umid qilmoqda.  Mish-mishlarga ko‘ra murabbiy oz emas, ko‘p emas sakkiz futbolchi bilan xayrlashishga shay turibdi.  Ular kimlar bo‘ldi ekan?



Kepa Arrisabalaga

«Chelsi»ning birinchi raqamli posboni katta bosim ostida qolgan.

Dunyoning eng qimmat darvozaboni o‘z o‘rnini Vilfredo Kabaleroga boy berib qo‘ydi. Murabbiy Kepa hozir «Chelsi» da birinchi raqamli ekaniga ishonmasligi turgan gap. Nima bo‘lganda ham 72 mln. funtni U oqlay olmasa kerak.

 Kabalero ham ko‘pga chidamasa kerak-yoshi 38 ga borib qolgan. Yozda ularning ikkisi ham boshqa jamoaga ko‘chib ketishi mumkin, «Chelsi» esa «Ayaks»ning Andre Onanesiga va   «Bernli» ning Niku Poupga ko‘z tikmoqda.

Kurt Zuma

 Lempard Kurt Zumaning hozirgi o‘yinidan ikki hissa xafa-axir uning o‘zi himoyachini jamoada qolishini istagan edi.  

 U so‘nggi ikki mavsumni ijarada –avval  «Stok», keyin esa «Everton»da o‘tkazdi.

«Chelsi»da Zuma asosan asosiy tarkibda tushar edi, chunki murabbiyda boshqa yo‘l yo‘q  edi; Antonio Ryudiger doim jarohatda, Andreas Kristensen juda bo‘sh, Fikayo Tomori esa hali o‘ta tajribasiz.

 Zuma Mourinoning «Chelsi»da juda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan.

Tezkor, chayir, va ikkinchi qavatda foydali bo‘lgani uchun zamonaviy markaziy himoyachilar ichida eng mukammallaridan biri sanalardi. Lekin u o‘sishdan to‘xtab qoldi, jamoa rahbarlari uni so‘rab kelganlarga rad javobini berishmasa kerak.


Markos Alonso va Emerson

 Bu juftlik kelajagi uzviy bog‘liq. Lempard na unisiga, na bunisiga ishonadi. Alonsoning  «Bavariya» bilan kechgan o‘yinda qizil olishi esa uni hamon bezovta qilib  kelmoqda.

Hozir «Chelsi» Ben Chilvellga  («Lester») og‘iz solgan, garchi u uchun «Manchester Siti» bilan kurashishga to‘g‘ri kesa ham. Bu juftlikdan kimningdir ketishi shubhasiz.

Alonso yakka kurashlarda o‘rtog‘idan ancha ustunroq. To‘qnashuvlarda ham kupincha g‘olib chiqadi. Garchi Alonso  ko‘proq gol kiritib (4), ko‘proq golli pas (2) bergan bo‘lsada, hujumda ularining imkoniyati deyarli teng. 


Jorjino va Ross Barkli

 Biz uzoq vaqt Jorjino  «Chelsi» ni muqarrar tark etadi deb o‘ylagan edik, ammo, Sarri o‘zining yoqimtoyini «Yuventus»ga torta olmadi.

 Bu 28 yoshli futbolchini tarkibning ajralmas qismiga aylantira olgan Lempardga qo‘l keldi. U juda foydali bo‘lib chiqdi. So‘nggi paytlarda futbolchi u qadar ham yaxshi formada bo‘lmasada, Londonliklar kapitani hali beri jamoadan ketmasa kerak.

Barklining kar’erasi esa «Chelsi»da o‘xshamadi.  20 millionlik o‘yinchi hatto o‘zini pulini ham oqlay olgani yo‘q.  

Bir qarasang jarohat, bir qarasang yomon o‘yin muhlislarning uni maydonda ko‘rishlari bilan asabiylashishiga sabab bo‘lar edi.

Barkli – o‘ziga o‘zi katta dushman. Aynan u «Valensiya» darvozasiga hal qiluvchi ahamiyatga ega penaltini kirita olmadi. U bu o‘n bir metrlikni asosiy penaltichilar–Villian va Jorjinodan tortib olgandi. O‘tgan yilning noyabr oyida u tungi klubda ish ko‘rsatib oqibatda murabbiy tomonidan ChL da o‘ynash imtiyozisiz qoldirilgandi.  

2016-yilda Lempard hali futbolchilik davrlarida Barklini yosh  Runiga tenglashtirgan edi…

Pedro

 «Barselona» ning sobiq hujumchisi  Frenk murabbiy bo‘lib kelgach hammadan ham ko‘proq jabr ko‘rdi. Uni amerikalik Pulishich va Kallum Xadson-Odoilar ortda qoldirmoqchi.

32-yoshli ispan  o‘tgan mavsumda 13 golga mualliflik qildi, lekin uning eng yaxshi davrlari allaqachon ortda.
Yanvarda unga «Roma» va «Fiorentina» klublaridan takliflar tushgan edi, shu yoz uning shartonomasi nihoyasiga etgach, futbolchi Italiyaga yo‘l olishi mumkin.


Villian

Villian ba’zida muxlislar va murabbiylarni ranjitib qo‘yadi. Kerakli vaziyatda muhim gollarni ura olmay qolish holatlari ham uchrab turadi. Ammo Azar ketgach u ko‘p o‘yinlarda etakchilikni zimmasiga oldi. kerakli gollarni ura oldi.

Yozda uning shartnomasi yakuniga etadi. Katta ehtimol bilan u klubni tark etishi mumkin. Shunday vaziyat yuzaga kelsa, "Barsa" va "Yuventus" futbolchini quchoq ochib kutib olishga tayyor. 

Footballwhispers.com saytidan tarjima qilindi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!