Futbol figurali uchish emas

  • 9 dekabr, 2022, 15:40
  • 0
  • Futbol

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich futbolni figurali uchish bilan qiyoslagani uchun uzr so‘radi. Bu jamoatchilikda murabbiyning qishki sport turlarini hurmat qilmadi degan taassurot qoldirgandi.

Dalich avvalroq futbol "figurali uchish emas, bu natija uchun kurash", deb aytgan edi.

"Men figurali uchishning ahamiyatini kamsitishni xohlamadim, bu juda qiyin sport turi. Ularni solishtirar ekanman, futbolda figurali uchishdan farqli o‘laroq, sportchilarning jismoniy holati yoki maydondagi driblinglari natijaga qaraganda unchalik muhim emasligini nazarda tutgandim", — deydi Dalich.

Eslatib o‘tamiz, Dalich boshchiligidagi Xorvatiya Yaponiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgan edi bu erda "shashkachilar" Braziliya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!