Fyuri: Konor Meyvezerga qarshi revansh janggini o‘tkazsa, xursand bo‘lardim!

  • 22 yanvar, 2020, 09:05
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri UFC ikki divizioning sobiq chempioni Konor Makgregorning Floyd Meyvezerga qarshi revansh janggi haqida gapirdi.

"O‘ylaymanki, u Floydga qarshi kechgan dastabki jangda munosib raqiblik qildi. Konor Floydga yaxshi zarbalar bergandi.

Menimcha, revansh janggi o‘tkazilsa, boks va MMA uchun ajoyib voqealil bo‘lardi. Agar, Konor Pakyao yoki Floydga qarshi jang qilsa, bu katta shou bo‘ladi.

Sport uchun bu yaxshi voqea. Men Konor va Floyd o‘rtasidagi revansh janggini ko‘rishdan xursand bo‘lardim," - dedi Fyuri.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning avgust oyida Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan jangda Floyd Meyvezer Konor Makgregorni 10-raundda mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!