Gari Kexill faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin

  • 29 iyun, 2019, 21:33
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi tajribali himoyachi Gari Kexillni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda 90min.com sayti xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli futbolchi “Chelsi” bilan shartnomasi yakunlangach ayni damda erkin agent hisoblanadi. Unga shuningdek "Aston Villa", "Vest Xem" va "Kristal Pelas" kabi jamoalardan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Kexill o‘tgan mavsum “Chelsi” safida bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!