Gavi tarixda qoladigan bo‘ldi

  • 12 noyabr, 2022, 15:47
  • 0
  • Futbol

11 noyabr kuni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga boradigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Jamoaga chaqirilgan 26 nafar futbolchi orasida "Barselona" yarim himoyachisi Gavi ham bor edi.

18 yoshli yarim himoyachi Ispaniya terma jamoasi tarixidagi jahon chempionati va Evropa chempionati uchun qaydnomaga kiritilgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Bugungi kunga qadar rekord 19 yoshga to‘lganidan bir oy o‘tib JCh-2006ga borgan Sesk Fabregasga tegishli edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!