Giggz, Yanuzay, Marsyal... Navbat kimga?

  • 4 sentabr, 2020, 18:13
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisi Meyson Grinvud va Brendon Uilyams raqamlarini o‘zgartirdi.

26-raqam ostida to‘p tepib kelgan Grinvud endi 11-raqamli libosda harakat qiladi. 53-raqamga egalik qilgan Uilyams esa yangi mavsumdan boshlab, 33-raqamda maydonga tushadi.

Shu tariqa, 18 yoshli forvard MYuda 11-raqamga egalik qilgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi. Bungacha, Rayan Giggz, Adnan Yanuzay va Antoni Marsyal ushbu raqam ostida to‘p tepgan.

Giggz ketgach, ingliz klubi bu raqamni hech kimga bermaslikni ma’qul ko‘rgandi, ammo uelslik futbolchi bunga zarurat yo‘qligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!