Gimnastika. Salkam 50 yoshli Chusovitina Jahon kubogida shoxsupaga ko‘tarildi!

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi. Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Ikki urinish natijasiga ko‘ra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. Yurtdoshimiz faqatgina Fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to‘pladi. Shu tariqa, sportchimiz qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor bo‘lgan edi.

Tayanib sakrash, ayollar:

1-o‘rin - Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683

2-o‘rin - Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433

3-o‘rin - Linmin Yu (Xitoy) – 13.383

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!