Gimnastika. Terma jamoamiz jahon chempionatiga Chusovitinasiz yo‘l oldi

29 oktyabr – 6 noyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda jamoaviy yo‘nalishda Parij-2024 Olimpiadasi uchun yo‘llanmalar o‘ynaladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bo‘lajak dunyo birinchiligida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi bugun “Tumanli Albion”ga jo‘nab ketdi.

Jamoa Gruziyaning Tbilisi shahrida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borgach ushbu shahardan Liverpulga yo‘l oldi. Ahamiyatlisi, tarkibda tajribali Oksana Chusovitina yo‘q. Dunyo birinchiligida qatnashadigan tarkib quyidagicha:

Rasuljon Abdurahimov
Abdulla Azimov
O‘tkirbek Jo‘raev
Habibullo Ergashev
Dildora Aripova
Ominaxon Halilova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!