Grizmann Frantsiya terma jamoasi safida ketma-ket 80 uchrashuvda maydonga tushdi

  • 13 sentabr, 2023, 14:05
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi Germaniya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va unda vitse-jahon chempionlari mag‘lub bo‘ldi. "Uch ranglilar" hujumchisi Antuan Grizmann gol urdi. Shu tariqa u milliy terma jamoa safidagi ketma-ket 80-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu Frantsiya terma jamoasi uchun rekord.

Navbatdagi o‘yinda Desham shogirdlari Niderlandiya termasi bilan kuch sinashadi, biroq bu 2024-yilgi Evropa chempionati saralashida “V” guruhi doirasidagi rasmiy o‘yin bo‘ladi. Bellashuv 13-oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!