Gvardiola bu o‘yinchini qo‘yib yuborganidan afsusda

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘tgan yili yozda jamoa sardori Ilkay Gyundog‘anni “Barselona”ga qo‘yib yuborganidan afsusda. Bu haqda jurnalist Gabriel Sans xabar berdi.

Germaniyalik futbolchi o‘tgan yili jamoaga trebl  qayd etishga yordam berdi va mavsum oxirida klub bilan yangi shartnoma tuzishni istamadi. Gyundog‘an “Barselona”ga erkin agent maqomida o‘tish maqsadida “shaharliklar” taklifini rad etgandi.

Gvardiola klub mutasaddilari Ilkay Gyundog‘anga yaxshiroq shartnoma taklif qilib uni olib qolishi mumkin edi, deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, ispanliyalik murabbiy klub xo‘jayinlari unga Ilkay Gyundog‘an o‘rniga munosib o‘rinbosar topib bera olmaganidan norozi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!