Gvardiola Vengerning rekordini yangiladi

  • 2 aprel, 2023, 12:15
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" APLning 29-turida o‘z muxlislari armiyasini xursand qildi. Xosep Gvardiola shogirdlari “Etixad”da “Liverpul”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Ispaniyalik mutaxassis uchun ushbu bahs "shaharliklar" boshqaruvida Premer-ligada o‘z maydonida qozonilgan 100-g‘alaba bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun Gvardiolaga 128 ta o‘yin kerak bo‘ldi, bu rekorddir. Bu boradagi avvalgi rekord “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerga tegishli edi. Frantsiyalik mutaxassis “kanonirlar” bilan o‘z maydonida APLda 100 ta o‘yinda g‘alaba qozonish uchun 139 ta o‘yin sarflagan.

Gvardiola jamoasi ayni damda Premer-liga turnir jadvalida 64 ochko bilan peshqadam "Arsenal"dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda. Endi "Manchester Siti" APL doirasida navbatdagi uchrashuvini safarda "Sautgempton"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs 8 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!