Hakamlarimiz Osiyo kubogida: Kim nechta o‘yinda ishlagan?

Qit’amizning eng nufuzli turniri hisoblangan Osiyo kubogida hakamlarimizning o‘rni anchagina salmoqli. Sababi, 2004 yildan boshlab ushbu musobaqada muntazam ishtirok etib kelayotgan vakillarimiz 2 bora turnir finalini boshqarishga muvaffaq bo‘lishgan.

Osiyo kubogida necha nafar hakamimiz ishlagan?

2004 yildan buyon o‘tkazilgan 5 Osiyo kubogida 7 nafar o‘zbekistonlik hakam ishlagan. Bosh hakamlarimiz soni esa 3 tani tashkil etadi. Ular orasida eng ko‘p o‘yin tabiiyki, Ravshan Ermatov hisobida — 16 ta o‘yin (Ermatov, shuningdek, Osiyo miqyosida ham bu borada mutlaq etakchi). Bundan tashqari, Valentin Kovalenko hamda Ilgiz Tantashev singari vakillarimiz ham ushbu turnir o‘yinlarida ishlagan.

Musobaqada ishlagan hakamlarimiz kesimida o‘yinlar soni:

Ravshan Ermatov:
2004 yil 1 o‘yin bosh hakam, 1 o‘yin zaxira hakami;
2011 yil 4 o‘yin bosh hakam (shu jumladan, final) va 1 uchrashuvda zaxira hakami;
2015 yil 4 bahsda bosh hakam (shu jumladan, yarim final);
2019 yil 5 o‘yinda bosh hakam (shu jumladan, final);

Valentin Kovalenko:
— 2011 yil 4 uchrashuvda zaxira hakami (ularning birida R. Ermatov bilan birga ishlagan);
— 2019 yili 1 o‘yinda bosh hakam;

Ilgiz Tantashev:
— 2019-yili 1 bahsda bosh hakam;

Viktor Serazitdinov:
— 2007-yil 2 uchrashuvda yordamchi hakam;

Abduhamidullo Rasulov:
— 2011-yil 4 o‘yinda yordamchi hakam (shu jumladan, final);
— 2015-yil 4 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
— 2019-yil 7 uchrashuvda yordamchi, 1 o‘yinda zaxira hakami (shu jumladan, final);

Rafael Ilyasov:
— 2011-yil 4 marta yordamchi hakam (shu jumladan, final);

Jahongir Saidov:
— 2015-yil 2 bahsda yordamchi hakam (birida R. Ermatov bilan);
— 2019-yil 6 o‘yinda assistentlik qilgan (shu jumladan, final).

Eslatib o‘tamiz, bugun start oladigan Osiyo Kubogida 3 nafar hakamimiz ishtirok etadi:

Ilgiz Tantashev
Andrey Tsapenko
Timur Gaynullin.

DFSHN

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!