Ibrohimovich Evropa chempionatida ishtirok etmaydi? Iltimos, ularni qadrlang!

  • 30 may, 2021, 21:00
  • 0
  • Futbol

Odil Ahmedov bu yil 35 yoshni qarshi oladi. Shunga qaramay, yo‘qligida MTJdagi o‘rni bo‘shab qolgandek tuyuladi. Allaqachon karerasining so‘nggi qismi boshlangan bo‘lsa-da, hamyurtimiz O‘zbekiston terma jamoasi uchun asosiy figura bo‘lib turibdi. Xo‘sh, u singari yana qaysi futbolchilar (34 yoshdan o‘tib ketganlar) vatan sha’nini himoya qilishda davom etmoqda? Bugun shu mavzuga atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.

Darvozabon: Manuel Noyer (35 yosh)

lhprtlprlj

Buffon allaqachon 1-raqamni Donnarummaga topshirgan. Xandanovich esa, Oblakni o‘rinbosar sifatida qoldirib, o‘zi chetga chiqdi. Manuel esa, barcha zamonlardagi eng kuchli kiper nomini munosib himoya qilmoqda. Qahramonimiz Oliver Kan tomonidan o‘rnatilgan Bundesliga rekordini yangiladi. U 204 o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Tarkibda Nyubel va Ter Shtegen singari iqtidorli yigitlar bo‘lsa-da, Noyer «Evro 2020»da Germaniyaning asosiy posboniga aylanadi.

Himoyachilar:Tiago Silva (36 yosh)

ltrkhlrhr

Sentyabr oyida «Chelsi» sardori 37 bahorni urib qo‘yadi. Shunga qaramay, u katta bosimdan chekingani yo‘q. PSJdagi sokin hayotini APLning shiddatli to‘qnashuvlariga almashtirdi. Tavakkal qilgani zoe ketmadi. Jamoasi EChL finalida to‘p surish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. To‘g‘ri, Janubiy Amerika birinchiligida Silva asosiy futbolchi bo‘lmaydi, biroq naf keltirishi aniq.

Serxio Ramos (35 yosh)

kgerkoherh

Aslida, bu erda «Lill» bilan chempionlik sari ildamlayotgan 37 yoshli Joze Fonte bo‘lishi kerak edi, biroq Ramosning darajasi undan balandroq. Pikedan farqli o‘laroq, Serxio terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani yo‘q. U Evropa chempionatida ishtirok etishga tayyorlanmoqda. Ramos Ispaniya futbolining tirik afsonasi. Uning hatto kiyinish xonasida ham jamoaga yordam berishiga hech kimda shubha yo‘q.

Jorjo Kellini (36 yosh)

ergkoerkhe

«Yuve» sardori bugungi Italiyaning etakchisi. Turinliklar mavsumni juda yomon o‘tkazganiga qaramay, terma jamoadagi atmosferaga bu ta’sir ko‘rsatmaydi. Italyanlar har doim yoshlardan ko‘ra, ishonchliroq himoyachilarga ehtiyoj sezgan. Shu sabab, Manchini yakunda 33 yoshli Acherbining o‘rnini Jorjo bilan to‘ldirishi haqiqatga yaqin.

Yarim himoyachilar: Dani Alves (38 yosh)

kgorktohkth

Hozirda Braziliya chempionatida javlon urayotgan Alves sovrinlar yutish bobida benazir ekanligidan xabaringiz bor. 2019 yildan beri ilk bor u Braziliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. E’tiborlisi shundaki, Dani Braziliyada naqd 8 pozitsiyada to‘p surdi. So‘nggi paytlarda uni qanot yarim himoyachisiga aylangani ko‘pchilikni hayron qoldirgani yo‘q. Alves chinakam professional. Tite buni juda yaxshi biladi. Boz ustiga, Alves katta avlod bilan ulg‘aygan so‘nggi futbolchilardan biri. Silva bilan birgalikda Braziliyaning Kolumbiyadagi sarguzashtlarida faol ishtirok etishi turgan gap.

Pepe (38 yosh)

gkerogkerokherh

«Real» safidagi o‘yinlari bilan barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Pepe ham o‘zini ro‘yxatdan o‘chirgani yo‘q. U qit’a birinchiligida amaldagi chempion nomini himoya qilishga tayyor. «Portu» bilan super mavsum o‘tkazgan himoyachi tayanch zonasidan bejiz o‘rin egallamadi. U «ajdarlar» safidagi joriy mavsumda bir necha bor himoyaga yaqin joylashgan yarim himoyachi sifatida to‘p surdi. «Maritimu» va «Real»da bu ishni ko‘p bajargani uchun muammo sezgani yo‘q. Biz ham, kichik eksperimentga qo‘l urgan holda, Pepeni maydon markaziga joylashtiramiz.

Luka Modrich (35 yosh)

koerkogrehre

Xorvatiya terma jamoasi bilan JChda finalga qadar etib borgan yarim himoyachi hali-beri otdan tushmasligi aniq. U bugungi xorvatlarning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisi. Bundan avvalgi ulkan turnirning qahramoniga aylangan Luka terma jamoadagi faoliyatini Evropa birinchiligidan so‘ng yakunlamoqchi. Modrichga faoliyatidagi so‘nggi ulkan forumida omad tilab qolamiz.

Yuri Jirkov (37 yosh)

kowegokwg

Katta ehtimol bilan Rossiya termasi a’zosi «Evro 2020»ning eng yoshi katta ishtirokchisiga aylanadi. Hozirda qanot yarim himoyachisi bilan raqobatlasha oladigan yosh futbolchilar rus futbolida yo‘q. Jirkov 2008 yilda Gus Hiddink bilan mo‘’jiza ko‘rsatgan tarkibda bor edi. Futbolchining ma’lum qilishicha, kutilayotgan turnir Rossiya uchun bundanda yorqinroq o‘tishi kerak. Faoliyati davomida TsSKA, «Zenit» va «Chelsi» singari klublar sharafini himoya qilgan futbolchi chinakam futboldagi dinozavr desak, adashmagan bo‘lamiz.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (36 yosh)

kerokerheh

“Krish”ni bu ro‘yxatda ko‘rish alamli. Bugungi avlod muxlislari aynan uning o‘yinlari ta’sirida futbolga mehr qo‘ygan va u bilan birga ulg‘aydi. Endi esa, Ronaldu qariya futbolchilar bilan birga tilga olinmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, hujumchi yangi jamoasi nomini “Evro 2020” dan keyin e’lon qiladi. Uning kelajakdagi ishlariga SPORTS.uz omad va zafarlar tilab qoladi.

Burak Yilmaz (35 yosh)

ekrogkerokh

Turkiya terma jamoasi a’zosi o‘zining ikkinchi yoshligini boshdan o‘tkazmoqda. «Lill» bilan Liga 1 ni ostin-ustun qilgan yigit yaqinda Gollandiya darvozasini 3 bor ishg‘ol qildi. U «Beshiktash», «Galatasaray» va «Trabzonspor»da to‘p surgan bo‘lsa-da, muxlislar oldidagi hurmatini yo‘qotmagan yagona turk futbolchisi sanaladi.

Zlatan Ibrohimovich (39 yosh)

vjnejijgerg

Ro‘yxatimizdagilar ichida eng kattasi - Zlatan uchun Evropa chempionati eshiklari deyarli yopilib bo‘ldi. Jarohat sababli «Milan» hujumchi Shvetsiya ustoziga qo‘ng‘iroq qilib turnirda ishtirok eta olmasligini aytdi. “Ibra”siz o‘tgan musobaqa zerikarli bo‘lishi mumkin, lekin shvedlar bundan xafa emas. Ular, “Ibra”dan hurmat va ehtirom ko‘rganidan minnatdor. Bu jamoa futbolchilarini katta musobaqada mas’uliyat bilan harakat qilishiga sabab bo‘ladi.

Zaxira tarkibi:

Stiv Mandanda (Frantsiya, 36), Klaudio Bravo (Chili, 38), Tomas Vermalen (Belgiya, 35), Joze Fonte (Portugaliya, 37), Diego Godin (Urugvay, 35), Xesus Navas (Ispaniya, 35), Edin Djeko (Bosniya va Gertsegovina, 35), Radamel Falkao (Kolumbiya, 35 )

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!