Manuel Noyer Butunjahon futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etildi.

"Bavariya"ning 34 yoshli darvozaboni 320 ochko to‘plab, birinchi pog‘onani band etdi. Ikkinchi o‘rinni "Atletiko" golkiperi Yan Oblak (40) egalladi, kuchli uchlikni "Liverpul" posboni Alisson (30) yakunladi.

Keyingi pog‘onalardan Tibo Kurtua ("Real"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona"), Kasper Shmeyxel ("Lester"), Samir Xandanovich ("Inter") va Keylor Navas (PSJ) joy oldi. 

Shu tariqa, Noyer ushbu unvonni besh karra sohibiga aylanib, Iker Kasilyas va Janluiji Buffonga etib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!