Igor Sergeevning natijasini takrorlay oladigan futbolchi topilmayapti

  • 9 sentabr, 2022, 13:00
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Superligasi 18-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu bois, bu ikki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qilamiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Igor Sergeev "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Sergeev bekobodliklar darvozasini 9 marta ishg‘ol qilishga erishgan. Anvar Soliev hisobida 8 gol mavjud. Server Jeparov esa 6 bor to‘p kiritgan. Shuningdek, "Metallurg"dan Dilmurod Karimov "sherlar" darvozasiga shuncha gol urgan. Bekobod jamoasidan Ruslan Vagapov va Zohid Abdullaev hisobida uchtadan gol bor.

"Paxtakor" - "Metallurg" o‘rtasidagi uchrashuvlar to‘purarlari
9 - Igor Sergeev
8 - Anvar Soliev
6 - Server Jeparov, Dilmurod Karimov
5 - Igor Shkvirin, Aleksandr Geynrix, Bahodir Pardaev, Dragan Cheran
4 - Azamat Abduraimov, Leonid Koshelev, Ismael Gonsalvesh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!