Ikki etakchi legionerimiz Osiyo kubogida qatnashmasligi mumkin

Xabaringiz bor, aprel oyida Qatarda futbol bo‘yicha  U23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham qatnashadi.

Ushbu turnirda ikki etakchi futbolchimiz ishtirok etmasligi mumkin. Milliy Olimpiya Qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimovning ma’lum qilishicha, Osiyo kubogi FIFA kunlaridan tashqari bo‘lganligi sabab, "Lans" klubi sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov va TsSKA a’zosi Abbosbek Fayzullaevlarning klublari hali ham futbolchilarimizni qo‘yib yuborishga ruxsat bermagan.

Eslatib o‘tamiz, kuchli uchlikka kirgan terma jamoalar Olimpiyaga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jabborov Alisher
30/03/2024 19:40
Shu ikkalasi bòlmasa olimpiyadaga chiqolmaydi
&
Dili
30/03/2024 17:37
Майли бошка юулдизлар курамиз