Ilhom Mo‘minjonov: "Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni o‘zgartirib yubordi"

  • 14 oktabr, 2021, 23:30
  • 0
  • Futbol

“Neftchi” – “Dinamo” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin farg‘onaliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi g‘alaba bilan Farg‘ona xalqini tabriklayman. Oson bo‘lmadi, futbolchilar har bir o‘yinni oxirgi jang kabi o‘tkazishardi. Shuncha ish qildik, ammo oxirida bir qadam qolganida qiyin bo‘lishini ham bilardik. Uchrashuvdan oldin o‘yinchilar bilan yig‘ilib, shu xususida gaplashgandik. Yigitlar uddalashdi. Oxirgi daqiqalarda g‘alaba golini urdik. Sherzod Karimovga ham minnatdorlik bildiraman. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan uchta o‘yinchi o‘yinni o‘zgartirib yubordi.

Birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik o‘xshamadi. Tanaffusdan keyin yaxshi harakat qilishdi va ikkita gol urishdi. Bunday o‘yinda hayajon bo‘ladi. Futbolchilarning miyasida chempionlik edi. Omadimiz keldi, oxirida gol urib g‘alabaga erishdik. Viloyat hokimiga shuncha sharoit yaratib bergani uchun jamoamiz nomidan rahmat aytamiz. “Neftchi” uch yildan beri Superligaga chiqa olmayotgandi. Vazifani bajardik va yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.

Legionerlarimiz biz bilan, hali javob berilgani yo‘q. Ularni 31 dekabrgacha shartnomasi bor. Klub bilan oxirigacha ishlaydi, - deydi Mo‘minjonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!