Ilk tur oldidan Belgiyaning ikki asosiy tarkib futbolchisi safdan chiqdi

  • 11 iyun, 2021, 17:03
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, bugundan Evropa chempionati o‘yinlariga start berildi. Ertaga, chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri Belgiya kurashga qo‘shiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, terma jamoa etakchilari Kevin De Bryuyne hamda Aksel Vitsel ilk turdan o‘rin olgan Rossiyaga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Har ikki futbolchi qaydnomadan o‘rin olgan.

Ularda jiddiy jarohat yo‘q. Biroq bosh murabbiy Roberto Martines yuqoridagi ikki shogirdi keyingi muhimroq bellashuvlarda ko‘proq asqatishiga ishonmoqda. Kevin va Aksel jarohatdan tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.

Belgiyaliklarni Daniya va Finlyandiyaga qarshi bahslar ham kutib turibdi. Joriy mavsum De Bryuyne "Manchester Siti" safida 40 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobida 10 ta gol va 18 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Vitsel esa, 22 bahsda qatnashib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!