Iqboljon Xoldarovning jangi muddatidan oldin yakunlandi (video)

  • 21 avgust, 2022, 08:46
  • 1
  • Boks

Professional bokschimiz Iqboljon Xoldarov Meksikaning Meksikali shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida Mariel Bustamantega qarshi jang o‘tkazdi. Super yarim o‘rta vazn toifasida 8 raund etib belgilangan bahs 3-raundda o‘z yakuniga etdi. 

Raqib ketma-ket kuchli zarblarni o‘tkazib yubordi va jang referisi jangni to‘xtatish kerak degan qarorga keldi. Shu tariqa Xoldarov o‘zining navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
22/08/2022 11:52
Табриклаймиз. Ютуклар бардавом булсин. УЗБ олга.