Iroq minimal hisobda g‘alaba qozondi. Hindiston esa Afg‘oniston bilan durang o‘ynadi

Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar o‘z nihoyasiga etdi. 

Iroq o‘z maydonida Filippinni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golni esa 84-daqiqada Ali kiritdi. 

Kasas shogirdlari 9 ochko bilan "F" guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Filippin 4-o‘rinda bormoqda. 

Iroq 1:0 Filippin

Hindiston va Afg‘oniston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahsda tomonlar durangga imzo chekdi. Aniqrog‘i 90 daqiqada darvozalar ishg‘ol qilinmadi. 

Shu tariqa, "A" guruhida hindistonliklar 2, Afg‘oniston bo‘lsa 4-pog‘onaga joylashdi. 

Afg‘oniston 0:0 Hindiston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!