Islandiya - UEFA Millatlar ligasida barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgan yagona jamoa

  • 15 oktabr, 2020, 11:51
  • 0
  • Futbol

Islandiya terma jamoasi kecha UEFA Millatlar ligasi doirasida o‘z maydonida Belgiyaga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Gracenote nashrining ma’lum qilishicha, “vikinglar” Millatlar ligasi tashkil etilganidan buyon o‘tkazilgan barcha 8 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan yagona terma jamoaga aylandi.

Islandiya UEFA Millatlar ligasining joriy mavsumida Daniya (0:3), Belgiya (1:5) va Angliyaga (0:1), o‘tgan mavsumida esa Belgiya (0:2, 0:3) va Shveytsariyaga (1:2, 0:6) yutqazgan. To‘plar nisbati esa 3:24.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!