Islandiya o‘z maydonida Lixtenshteynni tor-mor keltirdi (video)

  • 12 oktabr, 2021, 08:02
  • 0
  • Futbol

JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasi “J” guruhining 8-turida Islandiya o‘z maydonida Lixtenshteynni qabul qildi.

O‘yin maydon egalarining mutlaq ustunligida o‘tdi. Stefan Tordarson (19'), Albert Gudmundsson (35', 79') va Andri Gudyonson (89') tomonidan kiritilgan gollar Islandiyaning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!