Ispaniya tarixidagi eng kuchli sportchi aniqlandi

  • 18 may, 2020, 20:19
  • 0
  • Tennis

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal "Marca" nashri o‘quvchilari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, mamlakat tarixidagi eng yaxshi sportchi deb topildi.

Ushbu sharafli nom uchun tanlab olingan 16 nafar nomzodlar orasida Andres Inesta, Iker Kasilyas, Xavi va Raul singari futbolchilar, basketbolchi Pau Gazol, Formula-1 poygachisi Fernando Alonso kabi kuchli sportchilar ham o‘rin egallagan edi.

So‘rovnomaning final bosqichida Nadal mashhur basketbolchi Gazolni katta ustunlik bilan ortda qoldirdi - 82:18.

Nadal jahonning sobiq birinchi raketkasi sanaladi. U faoliyati davomida ATP tasnifidagi jami 85 ta musobaqada g‘olib chiqishga erishgan. Bugungi kunda ATP reytingida ikkinchi o‘rinda borayotgan mahoratli tennischi 19 bor "katta dubulg‘a" turnirlarida zafar quchisha muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!