Ispaniyada 4 ta oltin va 2 bronza medali qo‘lga kiritildi

  • 4 fevral, 12:02
  • 0
  • Boks

Ispaniya mezbonlik qilgan boks bo‘yicha “Boxam” xalqaro turniri o‘z yakuniga etdi. Unga ko‘ra terma jamoamiz 4 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Etiborlisi, To‘lqin Qilichev boshchiligidagi vakillarimiz 4 ta vaznda ushbu musobaqaga yo‘l olishgan edi va yakunda ushbu vaznlarning barchasida oltin medallarga ega chiqishdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Oltin medal:

-63.5 kg: Mujbillo Tursunov

-71 kg: Havasbek Abdullaev

-80 kg: To‘rabek Habibullaev

-92 kg: Shohjahon Abdullaev

Bronza medal:

-63.5 kg: Ruslan Abdullaev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!