Iste’dod: Kikboksing olamidagi ismi jismiga monand "O‘zbek sher"ining natijalaridan xabardormisiz?

Iste’dod rukniing navbatdagi sonida ajoyib kikboksingchi hozirda Rossiyada o‘z faoliyatini olib borayotgan, bir qator salomoqli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan hamyurtimiz "Sher" nomi bilan mashhur Shermuhammad Mamazulunov haqida ma’lumot beramiz. Ushbu yurtdoshimiz kikboksingning professional yo‘nalishlarida jang olib boradi.

sher3

Mamazulunov 1995 yil 17 mayda Andijon viloyatining Asaka tumanida tavallud topgan. Uning birinchi murabbiyi Anvar Umarov. Mazkur insondan u jangovar sport turining sir-asrorlarini o‘rganadi. 2006-2011 yillar mobaynida O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib boradi. Hozirda ukrainalik Ruslan Krivusha qo‘l ostida janglarga hozirlik ko‘rmoqda.

sher 2

U professional faoliyati mobaynida 30 ta jang o‘tkazgan. Ularning 23 tasida g‘alaba qozonadi. 7 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

Ikki karra jahon chempioni. Fair Fight promoushenining jahon chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritgan.

Biz uning keyingi rejalari haqidagi fikrlariga quloq tutdik...

- Agar, taklif bo‘lsa, MMA da ham o‘zimni sinab ko‘rish istagidaman. Qolaversa, yurtimizda, o‘z muxlislarimiz qarshisida ham jang qilish umididaman. Bu borada o‘zbek MMA olamining eng mashhur vakillaridan biri Murod aka Xonto‘raev 22 sentyabrda Toshkentda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi va ushbu turnirda xohish bo‘lsa, ishtirok etishimni aytgandi. Bundan juda xursand bo‘ldim. Lekin o‘sha vaqt bir necha kundan so‘ng, Rossiyaning Qozon shahrida jang o‘tkazishim kerak edi. Shuning uchun bu imkoniyatdan foydalana olmagandim. Nasib qilsa, keyingi safar albatta ishtirok etaman.

Maqsadim yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishib, o‘z o‘rnida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishdir.

sher1

24 yoshni qarshilagan yurtdoshimiz yaqin yillar davomida albatta ulkan natijalar qayd etishiga ishonamiz. Chunki, unda ulkan iste’dod bor! O‘ylaymizki u albatta tez orada yakkakurash olamining yorqin vakillaridan biriga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!