Italiya kubogi. Yarim final juftliklari bilan tanishing!

Italiya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Unda "Inter" "Bolonya"ga, "Roma" esa "Latsio"ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan bo‘lsa, "Atalanta" "Milan" ustidan zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. So‘nggi uchrashuvda "Yuventus" yirik hisobda "Fiorentina"ni taslim qildi. 

Shu tariqa, Italiya kubogining yarim finalining juftliklari ma’lum bo‘ldi. 

"Fiorentina" - "Atalanta"

"Latsio" - "Yuventus"

Ikkala bahs ham 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Final esa 15 mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!