Italiya terma jamoasini kim boshqari ma’lum

  • 17 avgust, 2023, 22:35
  • 0
  • Futbol

Avvalroq, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini o‘z lavozimidan ozod qilingandi. Uning o‘rniga bir qancha variantlar ko‘ri chiqilmoqda. 

"Sky Sport" nashri xabar berishicha, Italiyaning keyingi ustozi Luchano Spalletti bo‘lish ehtimoli yuqoriroq. Uning o‘zi ham terma jamoani boshqarishni istamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis mavsum oxirida "Napoli" bilan xayrlashgandi. U bir mavsumlik faoliyati davomida neapolliklarni A Seriya chempioniga aylantirdi. Shuningdek, klubni Chempionlar ligasi chorak finaliga olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!