Ivan Boshkovich: "Bunyodkor" avvalgi mavqeiga qaytadi

  • 7 oktabr, 2022, 22:56
  • 1
  • Futbol

Coca-Cola Superligasi 21-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Bunyodkor” (1:2) bahsidan so‘ng “qaldirg‘ochlar” murabbiyi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirar ekan, jamoa yosh bo‘lishiga qaramay ajoyib o‘yin ko‘rsatayotganini aytdi.

“Bugungi o‘yin uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Bu ularning g‘alabasi. Bu futbolchilar bu klubning libosini kiyishga loyiq ekanliklarini ko‘rsatishdi. Kimdir bunga shubha bilan qaragan bo‘lishi mumkin, menda bu borada hech qachon shubha bo‘lmagan”, - dedi Boshkovich.

“Turnir jadvalidagi o‘rnimiz bizni qoniqtirmayotgan edi. O‘zimizni noqulay joyda his qilayotgan edik. O‘ylaymanki, “Bunyodkor” yana o‘z o‘rniga – o‘zi loyiq bo‘lgan avvalgi mavqeiga qaytadi. Jamoa to‘g‘ri yo‘lda. Men tarkibimizda ko‘proq o‘z tarbiyalanuvchilarimiz bo‘lishini istayman. Chunki, akademiyamizda bo‘lajak terma jamoamiz futbochilari shug‘ullanishmoqda”.

Manba: pfl.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. Мардон
08/10/2022 10:03
Бунедкор молодцы. Вперед.